Koronavirus haqidagi yangiliklar tufayli biz tobora vahimaga berilmoqdamiz, va ba’zida eng oddiy ehtiyot choralarini ham unutmoqdamiz. JSST qo’lingizni yuvishni va shaxsiy gigienani saqlashni tavsiya qiladi, ammo eng muhimi, agarda shamollash yoki gripp alomatlarini sezsangiz, uyda qolishingiz so’raladi.
Atrofimizdagi har bir kishi o’z-o’zini himoya qilishning foydasi va zarari haqida bahslashayotgan bo’lsa-da, nafaqat bizning sog’ligimiz, balki atrofimizdagi yuzlab odamlarning salomatligi ham xavf ostida ekanini tushunib yetishimiz muhimdir. Va virus tashuvchisiga aylanmaslik bizning mas’uliyatimizdir.
Siz ehtimol Janubiy Koreyada «31-bemor» haqida eshitgandirsiz.
Kasalxonada davolaayotgan 61 yoshli ayol cherkov xizmatini olib borish uchun kasalxonani tark etdi. Bir kun o’tgach, u o’zini shunchalik yomon his qildiki, COVID-19 sinovidan o’tdishga ahd qildi va natijalar (bu ajablanarli emas) virus borligini tasdiqladi.
Janubiy Koreyada ikki haftadan kamroq vaqt ichida kasallanganlar soni 31dan 3736 holatgacha oshdi, ularning yarmi 31-bemor a’zosi bo’lgan mazhab a’zolari (biz bu so’zni «qisman», «salbiy xulosalarsiz» so’z ma’nosida ishlatamiz).»
Qayg’uli «kapalak ta’siri» tafsilotlarini Sergey Kimning «Bemor 31″: Janubiy Koreyadan Markaziy Osiyo uchun saboqlar» nomli maqolasida topishingiz mumkin. Hook.report nashriyotning ruxsati bilan materialni tarjima qiladi va qayta chop etadi.
COVID-19 Koronavirus Qozog’iston va O’zbekistonga yetib keldi va hozirgi kunga qadar kasallangan odamlarning soni Qozog’iston Respublikasida 10 tadan (16 mart kunidagi ma’lumotlarga ko’ra) va O’zbekistonda oltitadan oshmadi. Ammo insoniyat tahdid ostida qolgan tajriba shuni ko’rsatadiki, hatto bir kishining mas’uliyatsiz harakatlari katta oqibatlarga olib kelishi mumkin. Janubiy Koreyadan «31-bemor» ning tarixi-yomon «Kapalak ta’siri» ning misoli va ko’pchilik uchun yaxshi saboqdir.
Chaqmoq chaqmaydi…
O’tgan oy dunyo ommaviy axborot vositalarida yangiliklar tarqaldi: Janubiy Koreyadagi “koronavirus egri chizig’i” 18-fevraldagi 31 holatdan 24-fevralgacha 760 holatgacha ko’tarildi, kasallanganlarning yarmi diniy guruh a’zolari bo’lib chiqdi.
Epidemiya 31-yanvardan 2-fevralgacha 2 kun davom etgan Sinchxonji cherkovining asoschilaridan birining dafn marosimidan so’ng avj oldi. Bir xonada mingga yaqin kishi polda bir-biriga juda yaqin o’tirishgan va shu bilan virusning tarqalishi uchun ajoyib sharoit yaratilgan.
Hukumat kasallik tashxisi uchun keng ko’lamli kampaniya boshlagan, ammo muammoga duch kelgan: mazhablar, ehtimol, aloqada bo’lishni xohlamagan va yuzlab kishilar Koreya ko’chalari bo’ylab yurishni davom ettirgan (21-fevral kuniga yaqin hukumat yetti yuz kishi bilan aloqa o’rnatolmadi). Biroq, mart oyining boshiga kelib, hukumat barcha 230 ming nafar mazhabni tekshirgan yoki so’roq qilgan, ammo reaksiya allaqachon boshlanib bo’lgan. Mamlakatda falokat miqdori qor yog’ishi bilan o’sdi: — martga kelib, mamlakat kasallanganlar soni bo’yicha Xitoydan keyin ikkinchi o’rinni egalladi (3736 holatlari, ularning yarmi mazhab a’zolari). 4-mart kuni mamlakatda 5 mingdan ortiq bemor, 9 mart — 7,5 ming kishi qayd etildi .
31-bemor
Lekin bu baxtsizlik nega aynan Sinchxonji mazhabi boshiga tushgan? Janubiy Koreya hukumati “31-bemor” deya nomlangan 61 yoshli kasallangan ayol haqida (u kasallik ko’chki kabi tarqalishidan oldin mamlakatda yashovchi 31-kasallangan bemor edi) koronavirus bilan kasallangan mazhablarni birlashtiruvchi halqa kabi gapiradilar.
The New York Times gazetasining yozishicha, 7-fevral kuni bir ayol kichik avtohalokatdan keyin Tegudagi kasalxonada ro’yxatdan o’tgan. Ertasi kuni u tomog’ og’rig’idan shikoyat qildi, ammo bu uning (ertasi kuni yakshanba) Sincheongjining cherkov xizmatiga borishiga to’sqinlik qilmadi. Dushanba kuni ayol isitmalab, kasalxonada qoldi. Ammo hafta o’tdi, keyingi dam olish kunlari keldi va yakshanba kuni dindor koreys ayol cherkov marosimlarida qatnashish uchun cherkovga bordi. Aynan o’sha kuni minglab mazhablar motam marosimida bitta tomga yig’ilishgan. Xabar qilinishicha, bundan oldin kamida ikki marta shifokorlar ayolga koronavirusni tekshirish uchun kattaroq kasalxonaga yotishni tavsiya qilishgan. Ammo bemorning ta’kidlashicha, so’nggi oylarda u Xitoyga bormagan, shuningdek koronavirus tashuvchilarini ko’rmagan. Biroq, dushanba kuni u o’zini testdan o’tish darajasida yomon his qildi va seshanba kuni kasallik tasdiqlandi.
Oqibatlari
Hukumat bilan birinchi marta aloqada bo’lishni istamagan mazhablarning o’jarligi, shuningdek diniy birlashma a’zolaridan birining atrofdagilarning sog’lig’iga beparvo munosabatda bo’lishi, Sinchonji cherkovi haqida nafratli fikrlarning kuchayishiga sabab bo’ldi. The Guardian xabariga ko’ra, mazhab a’zolarining ro’yxati odamlarga o’tdi va suruv vatandoshlar tomonidan bosimni his qila boshladi.
RBK xabar berishicha, fevral oyida Koreya hukumati uchun onlayn petitsiya «Sinchxonji» ning majburiy tarqatib yuborilishini so’rab, 200 mingdan ortiq kishi tomonidan imzolandi (23 fevral oyi ko’rsatkichi bo’yicha).
«Tegu va Shimoliy Kensan viloyatida yangi koronavirus tarqalishining sababi Sinchxonji axloqiy dogmasi va hukumat bilan hamkorlik qilishdan voz kechishdir», — deyiladi jamoaviy so’rovda.
Boshqa petitsiya ham ko’p ovoz yig’di. 1,3 milliondan ortiq kishi Prezident Mun Chje Inning iste’fosini qo’llab-quvvatladi. «Kommersant» ga ko’ra, u mamlakatda epidemiyaga qarshi samarali choralar ko’ra olmadi va Xitoy hududidan virus tarqalishining oldini ololmagani uchun ayblanmoqda.
“Uhan pnevmoniyasi” munosabati bilan Mun Chje In ko’rayotgan choralarga qarab, u Janubiy Koreyaning emas, balki Xitoy prezidenti deya taxmin qilish mumkin”. — deydi petitsiyaning mualliflaridan biri. Davlat rahbarining tanqidchilari unga Xitoyning epidemiyasi avjida qo’shni davlatga 3 million niqob yuborish qarorini, shuningdek, Xitoyliklarni Janubiy Koreyaga kirishini butunlay taqiqlashni istamasligini kechira olmaydi.
Mazhabga qarshi qaratilgan qoralashning davlat organlari harakatlari bilan qo’llab-quvvatlangani ajablanarli emasmi? 1-mart kuni Seul hukumati prokuraturaga yuqumli kasalliklarning tarqalishini nazorat qilish to’g’risidagi qonunni buzganlikda, zarar yetkazish va qotillikda gumon qilingan 12 mazhab rahbarlariga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni, «Rossiya BBC xizmati» ga ko’ra, cherkov rahbari Li Man Xi koronavirusni beg’araz tarqatib yuborgani uchun xalqdan kechirim so’radi. Matbuot anjumanida Li Man Xi an’anaviy koreyalik chuqur ta’zim qildi va tiz cho’kdi. G’azablangan koreyslar tomonidan bunday harakat qanday baholanganligi noma’lum.
Natijada, bir bemor shifoxonadan ibodat qilish uchun qochib ketganligi sababli minglab odamlar kasallandi. Barchamiz uchun mas’uliyat darsi, to’g’rimi?
У нас еще очень много хороших статей! Поэтому подпишитесь на Telegram-канал — там вы точно ничего не пропустите.
Tarjima: Aziza Yo’ldosheva
Surat: Im Hwa-young/AP