Nima uchun bu mamlakatimizning ilmiy sohasiga zarar yetkazishi mumkin
Fevral oyida Hook atom energiyasi kursi munosabati bilan Ulug’bek posyolkasini kutayotgan kelajak haqida yozgan edi. Reportajda Ulug’bek posyolkasining tarixi, uning aholisining umidlari, nima uchun Ulug’bek Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumaniga kirsa-da, «posyolka» deb nomlanishi haqida xabar bergan edik. Biroq, posyolkani juda o’zgacha, ayniqsa, unchalik quvonchli emas kelajak kutmoqda.
Kontekst — nima sodir bo’ldi?
Chorshanba, 5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyevga Toshkent va Toshkent viloyati chegaralarini o’zgartirish bo’yicha yangi loyiha taqdim etildi. Ushbu loyiha bo’yicha shahar tarkibiga qariyb 9 000 gektar qo’shni yer kiradi, viloyatlarga esa 1 000 gektar Toshkent yerlari kiradi. Shaharda yangi tuman barpo etiladi «Yangi Hayot» deb nomlanadi, barcha o’zgarishlar esa faqatgina «aholi qulayligi uchun» amalga oshiriladi.
Agar chegaralarning o’zgarishi va aholining maqomini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qilishdan oldin aholining o’zidan so’ralgan bo’lsa, balki hammasi ajoyib bo’lar edi. Masalan, Uchtepa tumanidagi uchta mahalla ahli o’z yerlarini viloyatga ko’chirishga qat’iy qarshi chiqadilar va prezidentdan ularning arizasiga e’tibor qaratishlarini va ko’chirishni to’xtatishlarini so’rashadi.
Xuddi shu taqdir shaharning bir qismi bo’lgan Ulug’bek posyolkasini kutmoqda, garchi u shaharning eng uzoq qismi bo’lsa-da. Biroq, mahallalardan farqli o’laroq, Ulug’bekni viloyatga ko’chirish nafaqat mamlakatning asosiy imtiyozlaridan birini — propiskani yo’qotadigan aholiga, balki ilm — fanning u siz ham uncha yaxshi emas holatiga zarar yetkazishi mymkin bo’lgan katta noqulaylik tug’dirishi mumkin.
Nima uchun Ulug’bekni viloyatga o’tkazish barchaga zarar yetkazadi?
Mirziyoyev 2018-yilda posyolkaga tashrifi chog’ida Prezident Ulug’bekdan innovatsion ilmiy markaz tashkil etishni taklif qildi. Aholining fikriga ko’ra, ushbu tashrifdan so’ng qishloqning investitsion jozibadorligi, shuningdek, yadro fizikasi instituti sezilarli darajada ko’tarildi va posyolka o’zgarishlariga sarmoya kiritishga va ilmiy institutlarni Ulug’bek posyolkasiga ko’chirishga tayyor bo’lgan haqiqiy investorlar bor edi.
Biroq, uni Qibray tumaniga ko’chirish, aslida, bu rejalarga xoch qo’yadi, chunki ko’chirish uchun obнekt-faqat agrar sektor va ilm-fanni rivojlantirishga mutlaqo mos emas. Aholi bu sohada bo’lgan, ammo izsiz yo’qolgan bir nechta universitetlarni misol qilib keltiradi. Ular orasida: СоюзНИХИ -umumittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti; UO’I-umumittifoq o’simlikshunoslik instituti, chorvachilik institutlari va seleksiyalar.
Institut rivojlanishiga, ilm-fan va innovatsiya rejalariga va kam rivojlangan kommunal infratuzilmaga, yong’in xavfsizligiga, shuningdek, Qibray tumani favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Albatta, ma’muriyatda posyolkani viloyatga ko’chirish bilan viloyatni rivojlantirish rejalari bor, ammo buning aksi bo’lishiga aholining ishonchi komil. Qibray tumaniga ko’chirilgach, yuksak intellektual salohiyat pasayib, aholi posyolkadan Toshkentga ko’chib o’tadi, bu esa yadro fizikasi institutining kadrlar holatini yomonlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari, shaharda yashamaydigan har bir kishining la’nati — propiska haqida unutmang. Viloyat aholisining maqomini olgach, Ulug’bek aholisi poytaxtda doimiy yashash uchun ro’yxatdan o’tish shaklida muammolar tog’iga duch keladi.
Tuman IIB. Hozirda posyolkada yashayotgan 4000 kishi bo’lsa-da, prezidentga ikki mingdan ortiq kishi tomonidan imzolangan murojaat tayyorlanmoqda.
Aholining fikri qanday?
Ulug’bek posyolkasida yashovchi Ra’no Sattor Hookga barcha aholi nomidan nima uchun bu qarorga qarshi ekanini aytdi:
«Hujjatlarni qayta rasmiylashtirish institutning faoliyatining navbatdagi falajiga olib keladi. Kelajakda mamlakatimizning butun iqtisodiyotiga va chet eldagi imidjimizga ta’sir qilishi mumkin.
Shaxsiy nuqtai nazardan, fuqarolar uchun bu mahsulot-moddiy zaxiralarni, avtomobil raqamlarini va boshqalarni qayta ro’yxatdan o’tkazish. Bundan tashqari, bularning barchasi pandemiya davrida, odamlar yetarli daromadga ega bo’lmaganda, bu ko’pchilikning qurbi yetmaydigan xarajatlardir.
Bizni o’tkazmoqchi bo’lgan Qibray viloyatida gaz, elektr, suv bilan muntazam muammolar mavjud. Va bunday uzilishlar reaktor, elektron tezlatgich va institutning boshqa qurilmalari uchun mutlaqo nomaqbuldir. Reaktorda va institutning bir qator korxonalarida radioizotoplar, kislorod, azot, tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va boshqa ko’plab zaruriy mahsulotlarni kechayu-kunduz ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Va nihoyat, aholi uchun har kuni maishiy noqulayliklar.
Viloyatda doimiy yashash uchun ro’yxatdan o’tish — ko’pchilik ishga joylashish bilan bog’liq muammolarga duch kelishi mumkin (shuningdek pandemiya paytida ishsizlik keskin oshdi!).
Biz barchamiz Toshkentning farzandlarimiz — biz Toshkent viloyatida emas, balki Toshkentda o’sganmiz va yashayapmiz, ko’pchilik bu yerda umr bo’yi yashab kelishgan. Bizda barcha hujjatlar mavjud va bizning butun hayotimiz tom ma’noda shahar bilan bog’liq: biz bolalar tug’amiz, shahar kasalxonalariga boramiz, shaharda o’qiymiz / ishlaymiz … Shunga ko’ra transport shahar tomonidan ta’minlanadi, gaz, elektr, suv — bularning barchasi shahardan va u hech qachon o’chmaydi, xuddi Qibrayda hech qanday sababsiz o’chganidek.
Bundan tashqari, ro’yxatdan o’tish institutni qayta tiklash, O’zbekistonning buyuk ongini Ulug’bekka qaytarish uchun muhim ahamiyatga egadir (bu yerda yashagan fizika-matematika fanlarining buyuk namoyandalari) va endi yangi joylar va onglarni tarbiyalash uchun sharoit talab etilmoqda. Ilmiy-pedagogik xodimlar bu yerga kelib, ish qidirmoqdalar, qisman shu yerda yashab, Toshkentda yashash huquqini olishadi. Aks holda, ularning hammasi tarqab ketadi va bu yadro reaktori joylashgan Yadro fizikasi instituti uchun yo’qotish bo’ladi. Viloyat propiskasiga o’tish posyolkadan Toshkentga muqarrar ravishda chiqib ketishiga olib keladi, bu Yadro Fizikasi Instituti va umuman posyolkaning ahvoli yomonlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari, ko’chmas mulk narxi tushib ketadi. Shahar avtobuslari bekor qilinadi — hozir 101-avtobus va 135-mikroavtobuslar yurmoqda. Bu yo’l chiptalari bilan bog’liq muammolarga olib keladi va posyolkaning katta yoshdagi aholisining aksariyati shaharda ishlaydi va o’qiydi. Va aksincha — institut xodimlari, shuningdek, Milliy universitetning fizika kafedrasi talabalari (bakalavrlar, magistrantlar, aspirantlar), MIFI va boshqa texnik universitetlardan kelgan. Viloyatdan shaharga jamoat transporti faqat shahardagi birinchi to’xtash joyiga, bizning holatlarimizda TTZga boradi. Yana bitta transportdan boshqasiga o’tish va shunga mos ravishda qo’shimcha xarajatlar.
Bundan tashqari, kutilgan metro (Prezidentimizning ikki yil oldin posyolkaga tashrifi chog’ida aytilganidek) posyolkaga o’tkazilishi dargumon.
Shubhasiz, Toshkentni rivojlantirish bo’yicha bosh rejaning loyihasi sof kadastr nuqtai nazaridan va iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va insoniy imkoniyatlarni hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan. Biz 43 yildan beri Toshkentda yashayapmiz, Toshkent viloyatiga o’tkazishga ehtiyoj yo’q.
Biz madaniyatli tarzda oxirigacha borishni niyat qilmoqdamiz, ammo biz yorqin aqlning g’alabasini kutamiz. Bizni eshitishadi va bizning konstitutsiyaviy huquqlarimiz buzilmaydi va davlat qishloq aholisining xohish-irodasini ifoda etadi, uning manfaatlariga xizmat qiladi, deb umid qilamiz. Konstitutsiyamizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi javobgarligi mustahkamlangan. Biz uning prezidenti boshchiligidagi yangi O’zbekistonni barpo etish tarafdorimiz. Umid qilamizki, prezident, uning qo’l ostidagilar va butun jamoatchilik bizning ovozimizni eshitadi va qonuniy huquq va manfaatlarimizni himoya qiladi. «
Ushbu rejalar ro’yobga chiqmasligi uchun, aholi Telegram messenjerida norozilik guruhini tashkil etishdi va jurnalistlarni masalani yechishga jalb qilishdi. Ko’chirishni to’xtatish to’g’risida arizalar Mirzo Ulug’bek tumani hokimiga ham, boshlig’iga ham yuborildi.
У нас еще очень много хороших статей! Поэтому подпишитесь на Telegram-канал — там вы точно ничего не пропустите.
Нравится Hook? Теперь вы можете помочь редакции денежным переводом — собранные средства пойдут на оплату работы внештатников. Пройдите по этой ссылке или вручную переведите любую сумму на карту 8600 5729 1833 8323 (Uzcard)
──────────
Darina Solod
Tarjima: Aziza Yo’ldosheva
Foto: Mirzo Ilhomov