Shu kunlarda “Mening fikrim” portalida Toshkentning har bir tumanida yangi kamida 2000 daraxtga ega yashil hududlar barpo qilish to’g’risida petitsiya paydo bo’ldi. Murojaat Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan korib chiqilishi uchun u 5000ta ovoz to’plashi lozim.
Hook nashriyotining iltimosiga ko’ra petitsiya muallifi Rovshan Maxsudov bu mavzu nimadan boshlangani, Moskva shahrining Toshkentdan avzallik tarafi nimada ekanligi va ushbu g’oyani qanday qilib amalga oshirib ko’ra olish mumkinligi haqida so’zlab berdi.
Barchasi qanday boshlangandi
Men biologiya, ekologiya sohalari bo’yicha ekspert emasman — mutaxassisligim bo’yicha men matematik va dasturchiman, ya’ni texnika sohasi mutaxassisiman. Lekin shunga qaramay O’zbekistondagi daraxtlar va bog’lar bilan bog’liq holat meni juda tashvishlantiradi. Men o’ylaymanki, ular nafaqat ekologlar uchun, balki barchamiz, ya’ni har bir inson uchun keraklidir.
Vaziyatni yaxshilash uchun men “Mening fikrim” portalida Toshkentda yangi yashil hududlar barpo qilish haqida petitsiya joyladim. U bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin: https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/4337
Bu mavzu qachondan meni o’ylantirib kelayotgani aniq esimda yo’q, ammo shu yodimdaki bolaligimda uyimiz oldidagi ko’chamiz daraxtlarga boy ajoyib joy edi. Biz do’stlarim bilan u yerda hattoki yozda ham ertalabdan kechgacha bemalol o’ynab yura olardik, axir daraxtlarning soyasi bizni himoya qilar edida. Bundan tashqari biz daraxtlardan futbol o’yinida darvoza sifatida ham foydalanar edik.
Mening oilam ko’p qavatli uyning to’rtinchi qavatida yashar edi (hozirgi kunda ham). Uyimiz oldidagi daraxtlar esa bizning qavatdan ham baland edi. Derazamizdan doim ajoyib bir go’zal manzara — daraxt shoxlari, yam-yashil barglar, ularning ustida esa — turli tuman qushlar, hattoki to’tiqushlar va qizilishtonlarni ham tomosha qilish mumkin edi. Bir martta to’tiqush hattoki derazamizdan uyimiz ichiga uchib kirib qolgan ham edi.
Kuchli yomg’ir yog’gan paytlari hosil bo’ladigan ajib bir atmosferani haligacha unuta olmayman. Go’yoki o’zimni changalzorga tushib qolgandek his qilar edim.
Ammo bularning bari o’tmishda qoldi. Ko’chamizda daraxtlar qolmadi demayman albatta. Yo’q. Daraxtlar hozir ham bor, lekin ular ancha kamayib ketdi. Derazamiz oldida ham ancha kam daraxt shoxlari qolib, avvalgi go’zal manzara sal kam qolmadi desa mubolag’a bo’lmaydi. To’tiqush va qizilishtonlar ham ancha yillardan beri u yerda boshqa yo’q.
Uyimiz oldida avvallari bir nechta tirik to’siq (изгородь) bilan o’ralgan, ichi daraxtlarga boy tomorqalar ham bo’lardi. Endi esa ularning ham hozircha faqat bittasi saqlanib qoldi. Agar ushbu o’zgarishlar faqat bizning ko’chamizda bo’lganida mayli edi. Ammo bu kabi o’zgarishlar yillar davomida shaharning ko’p joylarida yuz berib kelmoqda.
Madaniy shok
So’nggi yillarda ushbu mavzu tez-tez OAVda ko’tarilib chiqishni boshladi. Turli nashriyotlar daraxtlarni kesish holatlari haqida yozishdi, ekspertlar fikrini chop etishdi, ammo bularning bari haqida nazariy bilimga ega bo’lish boshqa, ularni amalda ko’rish esa boshqa ekan.
Nazariy jihatdan ushbu o’zgarishlar yomon ekanini bilar edim, ayniqsa shaharda quyoshni tagida yurib qurilish joylari yaqinida chang nafas olish qanchalik og’ir ekanini esa boshimdan ham o’tkazib ko’rgandim. Ammo borgan sari bu narsalar odatga aylanib vaziyat aslida ancha yaxshiroq bo’lishi mumkinligini tasavvur ham qila olmaydigan bo’lib qoldim.
Keyinchalik esa men sayohat qilishni boshladim va shaharlar orasidagi farq men uchun yaqqol namoyon bo’ldi. Ayniqsa oxirgi bir yilni Moskvada yashab o’tkazganimdan so’ng. Menga Moskvaning havosi doim o’zimizning tog’lardagi toza havoga o’xshash tuyulardi, vaholanki u shaharda havoni zararlovchi avtomobillar soni bizdagiga nisbatan bir necha barobar ko’proq.
Qayerga bormay doim atrofim daraxtlarga to’la bo’lardi. Moskvaning qay nuqtasidan bo’lishimdan qat’iy nazar besh daqiqa piyoda yurib biron bir bog’ yoki hiyobonga yetib olishim mumkin edi. Ushbu bog’lar juda toza va sarishtam, qulay o’rindiqlar, axlat qutilari bilan jihozlangan, yugurish va velosiped uchish uchun maxsus yo’lakchalarga, fontan yoki boshqa suv havzalariga ega edi. Lekin biron martta bog’larda attraksionlarga duch kelmadim. Uzog’i bilan bog’larda bolalar yoki sport maydonchalarinigina uchratdim. Bog’lardagi daraxtlar esa baland va juda ko’rkam edilar.
Odamlarni ushbu bog’larda qanchalik erkin hordiq chiqarishlarini aytmaysizmi! Kimlardir velosiped, samokat va roliklar uchib yurardi. Kimlardir shunchaki hotirjam aylanib yurardi, yana boshqalar o’rindiqlarda manzaradan zavq olib o’tirardi. Ba’zilar chimda mazza qilib yotardi. Men ham Moskva-reka daryosi bo’yidagi va ko’lmaklar yaqinidagi chimda o’tirishni yaxshi ko’rar edim. Odamlar chim ustida bemalol hatto piknik ham tashkil qilishlari mumkin edi.
Ba’zi bog’larning kattaligi odamni hayratga solardi. Bulardan “Gorkiy nomidagi madaniyat bog’i”, “ВДНХ”, “Vorobyovi gori”, “Sokolniki”, “Serebryaniy bor” kabi bog’larda sayr qilishga ulgurganman. Undan tashqari Moskvada “Izmaylovo”, “Tsaritsino”, botanika bog’i va boshqa ko’plab katta bog’lar ham mavjud. Ularning ba’zilari 300 gektardan ziyod yerni egallaydi. Bizda esa menga ma’lum bo’lishicha shahar ichidagi engi katta bog’ hududi 65 gektarni tashkil qilar ekan.
Moskvada men uchta narsani sevib qoldim: velosiped yo’lakchalari, metro va albatta eng avvalo yashil hududlarni. Va o’sha paytdayoq hayolimga “bu juda ajoyib, bunday so’lim joylarni O’zbekistonda ham barpo qilishga intilishimiz kerak, ahir bizning odamlar ham bu kabi bog’larga, toza havoga, estetik zavq va yaxshi dam olishga boshqalardan kam loyiq emaslar” degan fikr keldi.
Bog’lar uchun ikkinchi hayot
Fikrimni amalga oshirish uchun petitsiya yozishga qaror qildim. Avvaliga Toshkentda yangi yashil hududlar barpo etish haqida petitsiya yozdim. Keyin esa butun bir yilni mamlakatni ko’kalamzorlashtirishga bag’ishlash, buning uchun esa 2021-yilga “O’zbekistonni ko’kalamzorlashtirish va tabiatni himoya qilish” yili degan nom berish g’oyasi keldi. Men ushbu g’oyani ham petitsiya ko’rinishadi “Mening fikrim” portaliga joyladim va bir vaqtni o’zida ushbu taklifim haqida post yozdim. Birinchi yozgan petitsiyam bir yarim oy davomida ekspertiza jarayonidan o’tdi. Ikkinchi yozgan petitsiyam esa hozirda ham ekspertiza jarayonida.
Birinchi petitsiyam ma’qullanib portalda e’lon qilingach kerakli 10 000 ovoz tezda yig’iladi deb o’ylagan edim. Ammo qachon inson tasavvur qilgan natija haqiqatga to’liq to’g’ri kelgan? Ba’zida bor yo’gi bir ovoz olish uchun ham birovga bu nima sabab kerak ekanligi va qanchalik muhim ekanligini tushuntirib o’tirishimga to’g’ri kelyapti. Anchagina odamlar yashil hududlar haqida avval o’ylab ham ko’rishmagan ekan.
Turli odamlar turlicha savollar bera boshladi. Kimdir “A buni nima keragi bor o’zi?” desa boshqa birov bog’ga joy ajratilishi bahonasida uyi buzib yuborilishidan qo’rqar ekan.
Eng mashur savollar esa quyidagilar bo’ldi:
• Yashil hududlarni qayerda barpo qilamiz? Shaharda bo’sh joy qolgani yo’q-ku axir!
• Nima sabab aynan yangilarini barpo qilish kerak? Avvaliga bor bog’larni qayta tiklash lozim, hozir ularning ko’pi achinarli holda-ku!
Men ushbu savollarga alohida postimda javob berishga urunib ko’rdim:
• To’g’ri shaharda rostdan ham kam bo’sh joylar qolgan, barcha yerda qurilishlar ketyapti, lekin hali imkon to’liq yo’qotilmagan — shaharda hali ham ba’zi bo’sh joylar yoki biron katta bo’lmagan joyni bo’shatish imkonlari bor (bog’ uchun uylarni buzish nazarda tutilmayapti).
Misol uchun obunachilarimdan biri bog’ni sobiq “Toshturma” o’rnida barpo qilishni taklif qildi. G’oya ajoyib, axir sobiq qamoqxona hech kimga kerak emas. Va bilasizmi nima? Ushbu g’oya ikki yil oldin hatto hokimiyat tomonidan tasdiqlangan ham ekan. Mana bu havola havola orqali “Toshturma o’rnida yangi bog’ yaratiladi” nomli ikki yil avvalgi yangilikni o’qishingiz mumkin.
Bundan tashqari yaqinda Toshkentga yangi 10 000 gektardan ziyod yer maydoni qo’shilishi kutilmoqda. U yerlarda esa hozircha bog’lar barpo etish uchun yetarlicha bo’sh joylar mavjud. O’zi petitsiyamda men yaratiladigan yangi bog’larning birini na’muna sifatida kamida 20 000 ta daraxtga ega katta qilib barpo qilishni taklif qilganman. Yangi qo’shilayotgan yer maydonlarida hatto shunday katta bog’ uchun ham albatta joy topsa bo’ladi.
Qizig’i shundaki, ushbu yangi yerlarning bir qismi allaqachon shaharning ichki qismida joylashgan Toshkent viloyatining anklavi edi. U yerga yetib olish yangi yerlarning boshqa qismiga yetib borishchalik uzoq ham emas.
To’g’ri, 11 ta yangi bog’ uchun yer ajratish mushkul vazifa, ammo izlagan inson albatta topadi.
• Yangi bog’lar barpo etish taklifi zinhor hozirda bor bog’larni taqdir taqazosiga tashlab qo’yish kerak degani emas.
Yangi yashil hududlar yaratish petitsiyasi — bu mening birinchi petitsiyam, va birinchi navbatda taklifni aynan shunisidan boshlashimdan maqsad avvalam bor hali kech bo’lmasidan turib hozircha bo’sh turgan yerlarni bog’lar uchun band qilib qo’yish edi. Ammo bu bilan bir vaqtda albatta hozirda mavjud bog’larni qayta tiklash va obodonlashtirish ustida ham ishlash lozim.
Men hozirda mavjud bog’larda daraxtlar sonini yangi ko’chatlar ekib ko’paytirish; bog’larda yangi qulay o’rindiqlar va velosiped yo’lakchalarini tashkillashtirish; bog’lar va boshqa yashil hududlar uchun javob beruvchi va har kuni ularni yanada yashnatish uchun mehnat qiluvchi bog’bonlarni ishga olish; qonunbuzar fuqarolar bog’ni axlatga to’ldirmasliklari va vayron qilmasliklari uchun u yerga kuzatuv kameralarini o’rnatish kerak deb hisoblayman.
Shu bilan bir qatorda odamlarga chimda yurish, o’tirish va yotishga ruxsat berish kerak. Va bundan tashqari agar bog’ avval boshidan attraksionlar bog’i sifatida yaratilagan taqdirda undagi attraksionlarni olib tashlash lozim (Attraksionlarsiz bog’lar nima sababdan shaharga be’vosita emas, bilvosita ko’p yillik foyda keltirishi haqida bizning “Kelajagi yo’q shahar: Toshkentning 7 asosiy muammolari” nomli maqolamizda o’qing — nash.) .
Bundan tashqari men e’tiborni nafaqat bog’lar, balki shahar bo’ylab jamoat joylarida joylashgan o’simlik va daraxtlar ekilgan joylarga qaratish kerak deb hisoblayman. Ba’zida shu kabi joylarda o’simlik va ko’chatlarga anchadan beri suv ham quyilmaganiga guvoh bo’lish mumkin.
Men shahar hokimiyatiga butun shahar bo’ylab joylashgan o’simlik va daraxtlarga doimiy parvarish berib turishlari va ularning saqlanib qolishlari uchun ma’sul bo’luvchi bir necha ming bog’bonni ishga olishlari taklif qilmoqchiman.
***
Odamlarning savollarini o’qish jarayonida men yana bir muhim muammoni tushinib yetdim. Ko’plab odamlar bog’lar va hiyobonlar haqida hatto o’ylab ham o’tirmas ekanlar. Sababi, ularning bunga vaqtlari yo’q — ular ishlashlari, aniqroq qilib aytganda oila boqish uchun pul topishlari kerak.
Bunda nafaqat davlat tashkilotlari xodimlari, balki xususiy korxonalar ishchilari ham ish bilan shunchalik band bo’lar ekanlarki, dam olish kunlari hordiq chiqarish, oila bilan maroqli vaqt o’tkazish kabi tushunchalarni unutib ham qo’yishar ekan. Ammo bu alohida muhokamaga loyiq boshqa bir katta mavzu.
У нас еще очень много хороших статей! Поэтому подпишитесь на Telegram-канал — там вы точно ничего не пропустите.
Нравится Hook? Теперь вы можете помочь редакции денежным переводом — собранные средства пойдут на оплату работы внештатников. Пройдите по этой ссылке или вручную переведите любую сумму на карту 8600 5729 1833 8323 (Uzcard)