Hook.report va Tojik YOUR.tj va Limu Media Praga fuqarolik markazidan jurnalistlar va blogerlar uchun tanlovning hamkori sifatida chiqishmoqda. Jurnalistlarga. Sizning ishlaringiz ushbu nashrlarning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtiriladi!
Tanlov shartlari
Arizalarni qabul qilish muddati: 2020 yil 2-avgustgacha.
Nima: O’zbekistondagi jurnalistlar va ijodiy mutaxassislar orasida tanlov.
Nima qilish kerak? Ijtimoiy tarmoqlarda 3500 yoki undan ko’p tomoshalarni to’play oladigan video tayyorlang va 50 yevro kafolatli mukofotga ega bo’ling.
Tillar: ruscha / o’zbekcha / inglizcha / tojikcha subtitr bilan.
Akselerator g’oyasi nimada?
Biz video kontent ishlab chiqarishda o’z mahoratingizni qo’llashingizni istaymiz — biz uni Facebook va Instagram’da nashr etish uchun istak bildirishimiz uchun hikoyani o’ylab chiqib, ssenariy tayyorlang, videoni suratga oling va tahrirlang.
Buning uchun siz jurnalist yoki operator bo’lishingiz shart emas. Siz ushbu voqeani o’zingiz, mobil telefoningizda suratga olishingiz mumkin. Asosiysi, qiziqarli hikoya chizig’iga ega va quyida keltirilgan sifatning minimal standartlariga muvofiq bo’lishidir. Montaj bilan biz oz ko’mak ham bera olamiz. Asosiysi, siz suratga olishni rejalashtirgan narsani aniq bilishingiz va uni tahrirlamoqchi bo’lishingiz.
Barchasi faqat onlayn rejimda amalga oshiriladi, ammo siz haqiqiy mukofot olasiz.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Avval ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak.
Keyinchalik sovrinlarni taqsimlashda chalkashliklar bo’lmasligi uchun ro’yxatdan o’tish kerak. Biz ko’p ishtirokchilarni kutmoqdamiz va ko’plab videolar kerakli miqdordagi tomoshalarga ega bo’lishi va shunga mos ravishda mukofot oladi deb o’ylaymiz.
Bu qanday ishlaydi?
Yuqoridagi havola orqali ro’yxatdan o’tasiz va 2-avgustga qadar bizga quyida keltirilgan texnik mezonlarga javob beradigan bitta yoki ko’pi bilan ikkita videoni yuborasiz. Agar siz ikkita video yuborsangiz ham, biz ularni qabul qilamiz, lekin faqat bizga yoqqan va unda katta imkoniyatni ko’rgan videoni nashr etamiz.
Agar video shartlarga javob bersa va qiziq bo’lsa, u nashr etiladi. Agar biz videoni yaxshilash kerak deb hisoblasak, lekin nashr etish uchun mos bo’lsa, unday holda biz siz bilan bog’lanib, uni yaxshilashga yordam beramiz. Ammo biz ushbu ishning asosiy qismini o’zingiz bajarishingizni kutamiz.
Agar biron sababga ko’ra biz nashrni nomaqbul deb hisoblasak, nima uchun bunday qaror qabul qilganimizg haqida batafsil javob beramiz.
Nashrdan ikki hafta o’tgach, biz hisoblagichga qaraymiz — agar u 3500 yoki undan ko’p marta ko’rilgan bo’lsa, unda biz siz uchun mukofot tayyorlab qo’yamiz.
Video qayerda nashr etiladi?
Markaziy Osiyo mamlakatlarining har birida o’z ijtimoiy tarmoqlarida videolarni nashr etadigan bir nechta media sheriklar mavjud. O’zbekistonda bu biz — Hook.report. OAV-sahifalarga qiziqish doimo yuqori, shuning uchun 3500 ta tomoshani yig’ish qiyin bo’lmaydi.
Nashr etilishi yoki yo’qligini kim hal qiladi?
Har bir mamlakatda, taqdim etish muddati tugaganidan keyin, biz PFM xodimi va hamkor medialardan bittadan vakili bo’lgan hakamlar hay’atini yig’amiz. Hakamlar hay’ati avvalo videoning syujeti va texnik mezonlarini baholaydi. Har bir videoni e’lon qilish tartibi ham belgilanadi.
Tanlovda o’ziga xos mavzular bormi?
Yo’q. Ammo quyida ta’riflanganidek, ma’qul bo’ladi.
Unday holda video nima haqida bo’lishi mumkin?
Birinchidan, videoda aniq qahramon bo’lishi kerak – o’z atrofidagi hayotni yaxshi tomonga o’zgartiradigan kishi. Bu tashkilot haqida hikoya bo’lishi mumkin, lekin bosh qahramon har doim syujetning markazida bo’lishi kerak.
Videoda tushunish oson bo’lgan voqea bayon etilishi kerak.
Biz atrofdagi voqelikda ko’radigan muammolarni faol ravishda hal qiladigan, miqyosidan qat’i nazar muhim va ilhomlantiruvchi ishni bajaradigan oddiy yoki g’ayrioddiy odamlar haqidagi hikoyalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz: boshqalarga yordam beradigan, makonni o’zgartiradigan, qiyinchiliklarni yenguvchi, hamfikrlarni yig’adogan.
Sizning bosh qahramoningiz har qanday jins va yoshda bo’lishi mumkin, eng asosiysi — bu hikoyaning siyqasi chiqmaganligi va xarizma. Videoda hamma umid, ilhom manbai bo’la olishi va yaxshi tomonga o’zgarishi mumkinligini namoyish qilishi kerak.
Juda qiziqdim, ammo savollar bor.
Elektron pochta orqali savollarni pcsc.videoquests@gmail.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Biz juda ko’p savollar tug’ilishini kutmoqdamiz va PFM barchaga tezda javob bera olmaydi. Shuning uchun, ular eng ko’p so’raladigan savollarning ro’yxatini to’playdilar, ularga ommaviy ravishda javob beradilar va barchaga yuboradilar va qo’shimcha ravishda FAQ nashr etadilar.
Ilhom uchun.
Bu yerda biz ilgari tayyorlagan kepshn-videolarning markazida bo’lgan voqealar / qahramonlar ro’yxati:
Birinchi qirg’iz kosmik sun’iy yo’ldoshini yaratishda ishtirok etgan qiz
Dushanbedan volonterlar pandemiyadan aziyat chekayotganlarga yordam bermoqdalar
Olmaotadagi ko’lni tozalash va jonlantirish uchun o’z jamoasini tashkil etgan yosh faol
Qirg’izistonda bolalar uchun dasturlash maktablarini tashkil etgan yigit
Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi velosipedchilar harakati yetakchisi
Sport va modellashtirishda o’zini namoyon qilgan MYF bilan kasal odam
Qirg’iziston va Qozog’istondagi faollar rassomlar uchun pandemiya paytida ishlarini sotishlariga yordam berish uchun platforma tashkil qildilar
Yaxshi. Ro’yxatdan o’tish shakli qayerda?
Yuqoriroqda matnda, ammo bu yerga bosishingiz ham mumkin.
Shuningdek, video uchun ba’zi texnik talablar mavjud.
Video sifatining xususiyatlari:
– Videoning davomiyligi: 90 dan 240 soniyagacha.
– Video kepshn-video shaklida bo’lishi kerak, unda har bir aytilgan so’z subtitr shaklida yoziladi
– Videoda musiqa uchun faqat ochiq mualliflik huquqi bilan himoyalangan ishlardan foydalanilishi kerak. Mana, bunday musiqani qanday topish mumkinligi haqida maqolada.
– Videodan foydalanish huquqiga ega bo’lishingiz kerak, eng yaxhshisi, agar uni shaxsan o’zingiz suratga olgan bo’lsangiz. Qo’shimcha uchinchi tomon kadrlaridan foydalanishga ruxsat beriladi, ammo har bir qo’shimcha uchun ularning davomiyligi besh soniyadan oshmasligi lozim.
вы должны иметь право на использование видео, лучше всего, если оно снято лично вами.
Minimal texnik xususiyatlar:
– Videoning minimal o’lchamlari – 1280х720 (HD)
– Video hajmi- 500MB dan oriq emas
– Tomonlari nisbati – 1:1 yoki 16:9.
– Progressive scan, chegaralarsiz
– Tovush – mono
Muhim!
Iltimos, Praga fuqarolik markazi tomonidan tayyorlangan (5 daqiqaga yaqin) videolarni tayyorlash bo’yicha 5 ta videofilmni tomosha qilish uchun vaqt ajrating. Bu ko’plab xatolar qilmaslikka va sizga yaxshiroq material tayyorlashga yordam beradi.
У нас еще очень много хороших статей! Поэтому подпишитесь на Telegram-канал — там вы точно ничего не пропустите.