Pandemiyani o’tkazishga yordam beradigan barcha qoidalar haqida so’zlab beramiz.
Milliy gvardiya mashinalari derazalar ostidan o’tib, bizdan uyda qolishimizni so’rayotgan vaqtda, internet ham karantinga qanday rioya qilish haqida turli xil maslahatlar, ogohlantirishlar va hikoyalarga to’la.
Biroq, COVID-19 sochlar orqali yuqishi haqidagi xabarlar kabi ko’plab hikoyalar yolg’on. Biz siz uchun O’zbekistondagi karantin qoidalari haqida bilishingiz kerak bo’lgan barcha ma’lumotni bir joyga to’pladik.
Bir oz koronavirusning o’zi haqida
COVID — 19 kasallangan odamning og’zidan yoki burundan chiqadigan mayda tomchilar orqali havo tomchilari bilan uzatiladi. Virus atrofdagi buyumlarga o’rnashib olish xususiyatiga egaligi sababli, siz shunday buyumga tegib, so’ng og’iz-burningiz yoki ko’zlaringizga tegsangizgina kasallanishingiz mumkin. Yoki aksa urayotgan yoki yo’talayotgan odamga yaqin masofada turgan bo’lsangiz, yuqishi mumkin.
Koronavirusning asosiy alomatlari — quruq yo’tal, yuqori isitma (38 darajadan yuqori) va holsizlikning kuchayishi. Kamdan kam hollarda burun bitishi va oqishi mumkin. 80% hollarda, odamlar koronavirusdan oson davolanadilar va maxsus davolanishga muhtoj emaslar. Oltita holatlardan birida og’ir alomatlar nafas siqilishining rivojlanishi bilan birga keladi. Xavf ostidagi guruhga 60 va undan katta yoshdagi odamlar, yurak xastaligi, nafas olish yo’llari va boshqa surunkali kasalliklarga ega odamlar kiradi.
Karantinning asosiy qoidalari
1-qoida: Agar sizda koronavirus borligiga shubha qilayotgan bo’lsangiz, 1003 yoki 1055 raqamiga, shuningdek, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligiga — +99871 276 4966 qo’ng’iroq qiling.
Sizdan telefon orqali sizning haroratingiz haqida (koronavirus bilan kasallanganlar harorati 38 darajadan yuqori bo’ladi), yo’tal (albatta quruq bo’ladi, balg’amsiz), xorijiy davlatlarga oxirgi marta qachon tashrif buyurganligingiz haqida (xavf ostida bo’lgan mamlakatlarning ma’lum ro’yxati yoki 1a toifadagi davlatlar bor) va shuningdek, ushbu mamlakatlarda (Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya, Afg’oniston, Yaponiya) bo’lganlar bilan muloqot qilganligingiz haqida so’raladi.
2-qoida: Agar siz infeksiya qayd etilgan mamlakatlarga tashrif buyurgan bo’lsangiz yoki ushbu mamlakatlarga tashrif buyurgan odamlar bilan muloqot qilgan bo’lsangiz, sog’liqni saqlash organlariga (tuman klinikalari yoki Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligi) albatta xabar bering.
3-qoida: Agar siz uy karantiniga joylashtirilgan bo’lsangiz, sizni davolayotgan shifokor sizni karantindan chiqarishga qaror qilmagunga qadar hech qanday vaziyatda ham 14 kun yoki undan ko’proq vaqt davomida karantin joyini tark etmasligingiz kerak. Ushbu qoida sizning qarindoshlaringizga ham tegishli. Oziq-ovqat, dori-darmon va hayot uchun zarur bo’lgan boshqa narsalarni bu holda hamshira olib keladi.
4-qoida: Agar siz uydan tashqarida izolyatsiya karantiniga joylashtirilgan bo’lsangiz, shifokor ruxsat bergunga qadar u yerdan chiqib ketish, boshqa odamlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
5-qoida: Agar siz koronavirus bilan kasallanganishga shubha qilingan bemor bo’lsangiz, sizni epidemiolog tegishli himoya ostida (kombinezon, etik, tibbiy niqob, ko’zoynak va qo’lqoplar) tekshirishi kerak. Tashxisni sinovdan so’ng kasallikning klinik alomatlari (isitma, quruq yo’tal, holsizlik, nafas qisilishi) asosida qo’yish mumkin.
6-qoida: Agar epidemiolog-shifkor, shuningdek, sinov guruhi sizda koronavirus borligini aniqlasa, siz davolanish uchun kasalxonaga evakuatsiya qilinasiz va siz bilan muloqotda bo’lgan odamlar esa izolyatorga (bunday odamlar uchun jihozlangan shifoxonaning bir qismi) joylashtiriladi.
7-qoida: Sizni faqat haydovchi o’rindig’i salondan ajratilgan «tez yordam» mashinalarida olib borishlari kerak, mahkam yopiladigan va sizni olib ketayotganlarning barchasi virus uzatilishidan ishonchli himoyalangan bo’lishlari kerak.
8-qoida: Agar sizda koronavirus aniqlangan bo’lsa, izolyatsiya qilinganingizdan keyin sizning yashash joyingiz, shuningdek siz olib ketilgan mashina dezinfeksiyalanishi kerak.
9-qoida: Agar siz ish beruvchi bo’lsangiz, ishchilar va mehmonlarga kirishga faqat niqoblarda ruxsat berishingiz, xodimlarning tana haroratini o’lchash, xodimlarni yuqori harorat bilan ishga qo’ymasligingiz va isitmasi bor ishchilar haqida sog’liqni saqlash organlarini xabardor qilish sizning vazifangizdir. Agar koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilingan xodim bo’lsa, ish joylarini dezinfeksiyalash, shuningdek, isitmasi bo’lgan ishchi muloqotda bo’lgan barcha xodimlar to’g’risida sog’liqni saqlash organlariga xabar berishingiz zarur.
10-qoida: Shamollash, gripp yoki O’RVI bilan kasallanganda, shuningdek kasallikning boshqa alomatlarini sezganingizda o’zingizni boshqa odamlardan izolyatsiya qiling, boshqalar bilan muloqitni iloji boricha cheklang. Immuniteti zaif odamlar ayniqsa koronavirus bilan infeksiyalanish xavfi ostida. Qanday bo’lmasin, o’zingizni boshqalardan ijtimoiy jihatdan uzoqlashtirishga harakat qiling va barcha aloqalarni minimal darajaga olib keling. Tuman klinikasiga qo’ng’iroq qilib, sog’lig’ingiz va holatingiz haqida xabar bering.
11-qoida: Uydan chiqayotganda albatta niqob taqing. Niqoblarga kelsak, JSST o’zingizni va boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqish qoidalarini e’lon qildi.
Niqobni soatiga kamida bir marta o’zgartiring, uni faqat tasmasidan ushlang, niqobni taqishdan oldin qo’llaringizni antiseptik bilan tozalashingiz yoki yuvishingiz kerak.
Qo’shimcha choralar
JSST bir martalik rezina qo’lqop kiyish samarasiz deb hisoblaydi, qo’lingizni kamida 15-20 soniya davomida yuvish yoki ularni antiseptik bilan muntazam ravishda artib turish samaraliroq bo’ladi.
O’zbekistonda favqulodda vaziyat amal qilayotgan ekan, sababsiz tashqariga chiqmang va uzoq vaqt tashqarida bo’lmang. Bu degani, siz oziq-ovqat do’koniga, dorixonaga yoki kuchukni aylantirgani chiqishingiz mumkin.
Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka harakat qiling, chunki bu sizning immunitetingizni susaytiradi va sizni xavf ostiga qo’yadi. Sport bilan shug’ullaning va tartibga rioya qiling — karantin o’zingizni bo’sh qo’yib yuborish uchun sabab emas.

Ko’chaga chiqayotganda, odamlar orasida ikki metr masofani saqlang, do’konlarda yoki dorixonalarda to’planmaslikka harakat qiling, boshqa odamlar u yerdan chiqib ketishlarini kutish kerak.
Shubhali va yolg’on ma’lumotlar bilan bo’lishmang — agar matn sizga g’alati tuyulsa yoki keraksiz his-tuyg’ularni uyg’otsa, matnning boshlanishini Google’da tekshirib ko’ring — ehtimol bu mamlakatlarda aylanib yurgan yolg’on ma’lumot. Yolg’on ma’lumotlar to’g’risida batafsil ko’rsatmalar bu yerda va mana bu yerda. Koronavirus haqida ishonchli ma’lumot olish uchun hukumat rasmiy kanaliga obuna bo’ling — @koronavirusinfouz.
Ichki ishlar boshqarmasi yoki Milliy gvardiya xodimlari sizni sog’lom bo’lsangiz, niqob taqmaganingiz uchun yoki kasal ekanligingizdan shubha qilinayotgan bo’lsa, karantin tartibini buzganingiz uchun sizni jarimaga tortishi mumkin. Siz ko’chaga chiqqaningiz uchun, shaxsiy avtomashinangizni haydaganingiz yoki ertalab yugurganingiz uchun jarimaga tortilmaysiz.
Hayvonlar koronavirus yuqtirmaydilar, ammo mushuklar yoki itlar bilan har bir aloqadan keyin qo’llarni antiseptik bilan tozalash yoki yuvish kerak.
Salomlashayotganda qo’l silkitmang, taktil aloqa qilmaslikka harakat qiling. Ishlatilgan niqoblar yoki qo’lqoplarni ko’chalarga tashlamang — ularni uyingizda axlatga yoki ko’chadagi axlat qutilariga tashlang. Ushbu buyumlar ham virus tashuvchisi bo’lishi mumkin.
Shaxsiy gigiyena qoidalari va koronavirus haqidagi asosiy savollar bilan Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti veb-saytida tanishib chiqishingiz mumkin.
У нас еще очень много хороших статей! Поэтому подпишитесь на Telegram-канал — там вы точно ничего не пропустите.
Tarjima: Aziza Yo’ldosheva